BIOGIDROAKUSTIKA

BIOGIDROAKUSTIKA (bio…, gidro… va akustika,) biologik gidroakustika—suvdagi organizmlar chiqaradigan tovushlarni o’rganadigan fan. Biogidroakustika 2-jahon urushida texnik gidroakustika (shovqin pelengatori, exolokasiya va boshqalar) vositalaridan ko’p foydalanish munosabati bilan vujudga kelgan. Ko’pchilik suv hayvonlari (baliqlar, sut emizuvchilar va qisqichbaqasimonlar) tovush chiqaradi. Aksariyat baliqlar tovushi faqat ayni turga xos bo’ladi. Shu asosda baliqlarning turi va yoshini aniklash mumkin. Biogidroakustika ma’lumotlari kitsimonlar (kitlar va delfinlar)ning akustik organlarini o’rganish uchun ham ancha muhim. Bu hayvonlarning o’ziga xos ba’zi xususiyatlari, chunonchi gidroakustik impulelar yuborish va qabul qilish yo’li bilan o’zlariga oziq bo’ladigan narsalarni topishi yoki xavfdan qochishi Biogidroakustika yordamida aniqlangan.