BIOLOGIK HOSIL
BIOLOGIK HOSIL, tupdagi hosil — ma’lum bir maydondagi o’simlik tuplarida yetilgan hosil, o’z vaqtida boshlanadigan yig’im-terim oldidan dalada yetilgan tayyor mahsulot miqdori. Biologik hosil ekinlar (don, paxta, mevalar va boshqalar) hosilini yig’ish oldidan xo’jalik mutaxassislari tomonidan aniqlanadi. Biologik hosil bilan birga haqiqiy hosil—1 gektardan yig’ib olingan haqiqiy hosil (omborga tushgan hosildorlik)— yig’ilgan va xatlangan mahsulot tushunchasi ham qo’llaniladi. Biologik hosil ombor hosilidan ko’proq bo’ladi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning asosiy vazifalaridan biri Biologik hosilni ombor hosiliga aylantirishdan iborat, bu esa yig’im-terimni o’z vaqtida to’g’ri tashkil etishga bog’liq.