BIRINCHI IMPERIYA

BIRINCHI IMPERIYA — Frantsiyada konsullik davri (1799— 1804) dan keyingi Napoleon I (Bonapart) imperiyasi davri (1804-14 va 1815). Bu davrda frantsuz inqilobida qo’lga kiritilgan demokratik yutuqlar bekor qilinib, harbiy diktatura o’rnatildi. Ammo inqilob natijasida vujudga kelgan tuzum saqlanib qoldi.