BIRLAMCHI BO’SHLIQLILAR

BIRLAMCHI BO’SHLIQLILAR, to’garak chuvalchanglar — umurtqasiz hayvonlar tipi (yoki kichik tipi), ularda terimuskul qopchig’i bilan ichagi oralig’i tananing birlamchi bo’shlig’ini tashkil etadi (nomi shundan olingan). Qilchuvalchanglar, qorinkipriklilar, kolovratkalar, nematodalar, kinorinxalar kabi sinflarga bo’linadi. Ko’pincha nematodalar va barcha akantosefalar odam, hayvon va o’simliklarda parazitlik qiladi. Erkin Birlamchi bo’shliqlilar dengizlarda, chuchuk suvlarda, tikanboshlilar tuproqda yashaydi.