BIRODARLASHGAN SHAHARLAR
BIRODARLASHGAN SHAHARLAR — turli davlatlarning doimiy do’stona aloqalar o’rnatgan shaharlari. Ular birodarlashgan shaharlar jahon federatsiyasiga birlashgan. 1963 yildan boshlab har yili aprel oyining oxirgi yakshanba kuni Jahon birodarlashgan shaharlar kuni sifatida nishonlanadi. birodarlashgan shaharlar mahalliy hokimiyat vakillarining delegatsiyalari, mutaxassislar, badiiy havaskorlik va sport jamoalari ko’rgazmalar, sayyohlar almashish va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etadilar. birodarlashgan shaharlar bilan aloqalarning samarali usullaridan biri sifatida do’stlik kunlari va haftaliklari o’tkazib turiladi. Bu tadbirlar do’stlik hamda hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Toshkent shahri Sietl (AQSh, 1973), Shanxay (Xitoy, 1996), Kortrayk (Belgiya, 1982), Tunis (Tunis, 1973) shaharlari bilan birodarlashgan. Toshkent shahri bilan Seul (Koreya Respublikasi), Saratov, Ekaterinburg (Rossiya Federatsiyasi) o’rtasida hamkorlik bitimlari imzolangan (1997). Farg’ona viloyati Fiok-Txan viloyati (Vetnam, 1981) bilan, Navoiy shahri — Chjuchjou shahri (Xunan viloyati, Xitoy, 1996) bilan, Angren shahri — Datun shahri (Shansi viloyati, Xitoy, 1995) bilan birodarlashgan. Bironsoy — Navoiy viloyati Navoiy tumanidati soy. Quyi Qalqonotasoy deb ham ataladi. Qoratog’ningjan. yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 28 kilometr, havzasining maydoni 49 kilometr kvadrat. birodarlashgan shaharlarning 7 ta irmog’i bor. Birodarlashgan shaharlar juda kamsuv, faqat bahorda suvi bir oz ko’payadi va Konimex kanaligacha (o’ngdan) yetib boradi. Yozda Qalqonota qishlog’i yaqinida deyarli qurib qoladi, faqat buloqsuvlari oqadi. Birodarlashgan shaharlar suvidan chorva mollarini, qisman ekinzorlarni sug’orishda foydalaniladi.