BISSUS BEZLARI

BISSUS BEZLARI (Yunoncha byssos ingichka ip) — ko’pchilik ikki pallali mollyuskalar oyog’ida joylashgan organ. Bissus bezlaridan chiqqan organik modda (bissus) hisobiga juda pishiq bissus iplari hosil bo’ladi. Bu iplar yordamida mollyuskalar suv tubidagi har xil narsalarga yopishib oladi. Bissus bezlari ba’zi mollyuskalarda faqat lichinka davrida bo’ladi. Reppa urug’iga kyruvchi ikki pallali mollyuskalarda byssus iplarining uzunligi 20 santimetrgacha yetadi. Rangi sarg’ish yoki qo’ng’ir. Qadimgi va o’rta asrlarda bissus iplaridan gazlamalar (vissona) to’qilgan.