BITUM LOKLAR
BITUM LOKLAR — tabiiy yoki sintetik bitum (smola)larning organik erituvchilardagi eritmalari. Bitum loklar pardasi quriganda kimyoviy jihatdan mustahkam va elektr o’tkazmaydigan bo’ladi. Bu loklar elektr himoya qoplamalari sifatida ishlatiladi.