BOSH UZATMA

BOSH UZATMA — avtomobil va traktor dvigatellari valining aylanma harakatini yetakchi g’ildiraklarga uzatadigan mexanizm. Shesternyalari (tishli g’ildiraklari) soniga qarab, yakka juftli va qo’shaloq juftli xillarga bo’linadi. Yakka juftli Bosh uzatma chervyakli, gipoidli yoki konussimon shesternyali bo’lib, yengil avtomobillar va 4 tonnagacha yuk ko’taradigan yuk avtomobillarida ishlatiladi. Avtomobilning kardan valiga ulangan val 3 yetakchi konussimon shesternya 4 ni, u esa katta yetaklanuvchi konussimon shesternya 1 ni aylantiradi. Bu shesternya differentsial qutisi 2 bilan birlashgan; uning mexanizmi orqali aylanma harakatni avtomobilning yarim o’qlari (yetakchi g’ildiraklari)ga uzatadi. Qo’shaloq juftli Bosh uzatma bir juft konussimon va bir juft tsilindrsimon uzatmalardan iborat. U og’ir yuk avtomobillarida ishlatiladi.