BOSHI BUZUQLAR

BOSHI BUZUQLAR — turklarning nomuntazam piyoda harbiy bo’linmalari nomi. Usmonli turk imperiyasi hududidagi jangovar qabilalar — cherkeslar, albanlar, kurdlar va boshqalardan yollab olingan. Boshi buzuqlar o’ta dovyurak bo’lganlaridan shunday deb atalganlar. Xukumat ularni qurol-yarog’, oziq-ovqat bilan ta’minlagan, lekin maosh bermagan. Boshi buzuqlar Turkiya sultonlari olib borgan urushlarda dushmanga qiron keltirib, behad dahshat solganlar. Ularning jasorati, ayniqsa, rus-turk urushi (1877— 78)da namoyon bo’lgan. Oqibat, ruslar yurak oldirib qo’yganlaridan o’z oralaridagi har qanday yomonlikdan qaytmas kishini «boshibuzuq» deb ataydigan bo’lganlar.