BOLALAR KUTUBXONASI
BOLALAR KUTUBXONASI — maktab yoshidagi bolalar va usmirlarga xizmat ko’rsatadigan muassasa. O’zbekistonda bunday kutubxonalar ommaviy ravishda 30-yillarda vujudga kela boshlagan. Yosh avlodni davr talabi darajasida tarbiyalashda Bolalar kutubxonasi muhim ahamiyatga ega. Bolalar kutubxonasining kitob jamgarmasi tarbiya vazifalari va kitobxonlarning yosh xususiyatlariga muvofiq tashkil etiladi. Kitob o’qish yuzasidan bolalarga yakka tartibda yo’lyo’riq ko’rsatiladi, turli ommaviy tadbirlar o’tkaziladi. 1965 yilda tashkil qilingan Respublika bolalar kutubxonasi respublika viloyatlari bolalar kutubxonalariga, bolalar bilan ishlaydigan muassasalarning kutubxonalariga uslubiy rahbarlik vazifasini bajara boshladi (kutubxona jamg’armasi 300 mingdan ortiq, 1998). Yoshlarni bilimli, ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularda o’qish madaniyatini shakllantirishda Bolalar kutubxonasilarining olib borayotgan ommaviy ishlari qo’l kelmoqda (mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, «Kitobxonlar konferentsiyalari», «Ovozli o’qishlar», «Adabiy ertaliklar», «Kitoblar haftaligi» va hokazolar).