BORNEOL

BORNEOL, bornil spirt, SShN»o— bitsiklik terpenlar guruhiga mansub ikkilamchi spirt. Molekulyar modda 154,25; kamfora hidli, rangsiz kristall modda. Zichligi 1020 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 208,5′, qaynash temperaturasi 212°. Ikki izomeri ma’lum. Borneo va Sumatra orollaridagi Dryoba lanops camphora daraxtida, shuningdek ba’zi moylar tarkibida bo’ladi. Borneol spirt, efir, benzol va ligroinda eriydi; suvda kamroq eriydi. Borneoldan turli reaktsiyalar yordamida kamfora, kamfen va ularning turli hosilalari olinadi. Borneol va uning efirlari kamfora ishlab chiqarishda, atirupa sanoatida va oziq-ovqat essentsiyasi tayyorlashda ishlatiladi.