BOSMA, BOSMA CHAKMON
BOSMA, BOSMA CHAKMON— jundan to’qilgan mato va undan tayyorlangan ustki kiyim. Tuya yoki qo’y juni urchuq (DUK)da yigiriladi, so’ng bo’sh qilib to’qiladi. To’qimaga maxsus ishlov beriladi: to’qima qattiq yuzaga qo’yilib, bir necha soat yalang oyoq bilan tepkilanadi, bu jarayon davomida to’qimaga tez-tez issiq suv sepib turiladi. Shundan so’ng Bosma ham eniga, ham bo’yiga kirishadi. Bosma astarsiz qilib tikiladi. Bosmadan yog’in o’tmaydi. Bosma yaylovda, otulovda yurganda kiyiladi, ayniqsa cho’ponlar uchun juda qulay.