Eng mayda gulli o’simlik tomirsiz volfiya sanaladi. Bu o’simlikning eni bir millimetrdan oshadigani ham ahyon-ahyon uchraydi. Baqato’nlar oilasiga mansub volfiyaning tomiri yo’q, u hovuzlardagi suv yuzini kofe quyqumiga o’xshash jigarrang yupqa pardasi bilan to’sib, kun kechiradi. Volfiyaning yaproqlari ham bo’lmaydi. U uchi sal kavak kaltagina yolg’iz «poyabarg»dan tarkib topgan, ana shu poyasidan bir kecha-kunduzda yangi kurtak unib chiqadi. Tomirsiz volfiya shu qadar tez ko’payadiki, bir kecha-kunduz ichida ularning soni ikki baravarga ortadi. Garchi gullaydigan volfiya kamdan-kam uchrasa-da, bu o’simlik ba’zan gullaydi ham. Uning guli suvdan chiqib turadigan poyasi uchida juda xira ochiladi, o’yiqchasiga bitta urug’chi va bitta changchi joylashadi. Kichkinaligiga qaramay, bu o’simlik sholizorlarga ancha-muncha zarar keltirishi mumkin va u xavfli begona o’t hisoblanadi. Ba’zan volfiyani mollarga yashil ozuqa sifatida atay parvarish qiladilar ham. Bu o’simlik oqsil va uglevodga boy bo’lib, ustiga ustak tez ko’payadi va maxsus qarovni talab etmaydi.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
