BRITANIYA IMPERIYASI

BRITANIYA IMPERIYASI — Buyuk Britaniya va unga qaram bo’lgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha. 1870-yillardan rasman qo’llanila boshlagan. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (12-asr), Shimoliy Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), Portugaliya va uning mustamlakalari (17-asr o’rtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756— 63), Bengaliya (1757), Malta, Tseylon (1814-15), Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika (19-asr 1-yarmi), Syangan (Gonkong) oroli (19-asr 2-yarmi), Kipr (1878), Birma (1885), Iroq, Falastin, Transiordaniya, Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismi (1914— 18) va boshqalar kirgan edi. 20-asrda mustamlaka tizimi yemirilishi jarayonida Britaniya imperiysi o’rnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar Ittifoqi — Britaniya Millatlar Hamdo’stligi tushunchasi paydo bo’ldi.