BRONXOADENIT

BRONXOADENIT (bronx va Yunoncha Aden — bez) — bronxlar (traxeya atrofida, ko’ks oralig’ining orqa va oldida joylashgan) limfa tugunlarining yallig’lanishi. Ko’proq sil kasalligida, zotiljam, bronxit, bronxopnevmoniya, nafas yo’llarining yallig’lanishi bilan kechadigan ko’kyo’taya, qizamiq va boshqalarda uchraydi. Bronxoadenitda ko’raklararo bo’shliq og’riydi, bemorni asosan og’riqli yo’tal bezovta qiladi. Limfa bezlari kattalashadi. Sil Bronxoadenitida limfa tugunlari kattalashib, uning to’qimasi ham nobud bo’ladi va suzmasimon yiringga aylanadi. Boshqa kasalliklarda bemor asosiy kasallikdan tuzalishi bilan limfa tugunlari deyarli asliga qaytadi. Bronxoadenitni asosan rentgen qilib (rentgenoskopiya, rentgenografiya, flyuorografiya) aniqlanadi. Sil Bronxoadeniti bilan og’rigan bemor maxsus sil kasalxonalarida davolanadi. Organizmning umumiy quvvatini oshiruvchi dorilar, silga qarshi davo buyuriladi.