BROSHANTIT

BROSHANTIT (frantsuz mineralogi A. Broshan de Vile nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi Si4[(ON6) [SO4]. Monoklin singoniyali. Prizma, ignasimon kristallar, donachalar va yupqa parda holida. Rangi yashil, to’q yashil. Qattiqligi 3,5—4. Sof og’irligi 3,84—4. Shishasimon yaltiraydi. Broshantit mis konlarining nurash zonasida limonit, tserussit, malaxit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. O’zbekistonda Qalmoqqir, Saricho’qqi, Qo’rg’oshinkon, Lochinxona polimetall konlarida uchraydi. Broshantit konlari Rossiya Federatsiyasi (Ural tog’lari) da, Ispaniya (Riotinta), Italiya (Laduchessa), AQSh (Biobi)da topilgan. Mis olinadigan ruda.