BRUSNIKA

BRUSNIKA (Vaccinium vitsdaea) brusnikadoshlar oilasiga mansub doim yashil chala buta. Bo’yi 25 santimetr. Bargi qalin, teskari tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari pastga qayrilgan. Gullari och pushti, qo’ng’iroqsimon, mevasi qizil, dumaloq, serurug’ va sershira. Rossiyaning o’rmon va tundra zonalarida hamda Kavkaz tog’larida o’sadi. O’zbekistonda uchramaydi. Bargida 9% gacha arbutin glyukozidi, gidroxinon, giperozid, oshlovchi va boshqa moddalar; mevasida 10,3% gacha qand, organik kislotalar, vaktsinin glyukozidi bor. Bargidan tayyorlangan ekstrakt va kaynatma buyrakda tosh paydo bo’lishi, revmatizm, podagra, mevasi esa avitaminoz kasalliklarini davolashda foydalaniladi.