BUG’LANISHNI O’LCHAGICH

BUG’LANISHNI O’LCHAGICH — suv va tuproq sirtidagi bug’lanishni o’lchaydigan asbob. Maxsus idishdan iborat. Tuproq ustiga va suv sirtida suzib yuruvchi maxsus qurilma ustiga o’rnatiladi. Kuzatish natijalarini hisoblashda Bug’anish o’lchagich ustiga tushadigan yog’in-sochin e’tiborga olinadi. Bug’lanish miqdori quyidagi suv balansi tenglamasi bilan hisoblanadi: bunda E — kuzatish muddatlari orasidagi bug’lanish miqsori, mm; x — yog’insochin mikdori, mm; A, va h2 — bug’latuvchi idishdagi suvning kuzatish boshidagi va oxiridagi sathi, mm. Gidrometeorologiya stansiyalarda ishlatiladi.