CHERVYAKLI UZATMA

CHERVYAKLI UZATMA – vint (chervyak) va u bilan ilashadigan chervyak g’ildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat chervyakdagi trapesiodal rezba bilan g’ildirakning yoysimon tishlari orasidagi ilashish kuchi natijasida uzatiladi. Chervyak rezbasining kirimlar soniga ko’ra, bir, ikki va to’rt kirimli, rezba o’rami shakliga ko’ra, Arximed spiralli, botiq profilli va boshqa xillarga bo’linadi. Chervyakli uzatmada uzatish soni 300 va undan katta bo’ladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: /=z2/zp bunda / — uzatish soni, z, — chervyakning kirimlar soni, z2 — chervyak g’ildiragi tishlari soni. Chervyakli uzatmaning boshqa uzatmalardan afzalligi tekis, shovqinsiz ishlashi, ixchamligi; kamchiligi tutashuvchi elementlar (chervyak o’rami bilan g’ildirak tishi) ning birbirining ustida nisbiy sirpanishi, foydali ish koeffisienti pastligi, detallar qizib yeyilishi hisoblanadi. Chervyak g’ildiraklari eyilishini kamaytirish uchun ular antifriktsion xossali materiallar (asosan, bronza) dan, rangli metallarni tejash uchun tarkibiy materiallar (bronzapo’lat, bronzacho’yan) dan, kuchsiz uzatmalarda esa tekstolit, poliamid va boshqalardan tayyorlanadi. Chervyakli uzatmadan mashinalarni harakatlantiritshda, boshqarish qurilmalari (mas, avtomobilning rul boshqarmasi) da, metall kesish stanoklari, gidrotexnika inshootlari, ko’tarishtashish mashinalari va boshqalarda foydalaniladi.