CHEREPANOVLAR YEFIM ALEKSEYEVICH
CHEREPANOVLAR YEFIM ALEKSEYEVICH (1774, Viysk zavodi 1842, Nijniy Tagil) va Miron Yefimovich (1803, Viysk zavodi — 1849, Nijniy Tagil) — ota-bola rus mashinasozlari va ixtirochi mexaniklari, parovoz ixtirochilari. Zavodchi Demidovlarning krepostnoylari bo’lishgan. Nijniy Tagildagi zdlarda ishlashgan. Yefim va uning rafiqasiga 1833 yilda, Miron va uning rafiqasiga 1836 yilda ixtirochilik faoliyatlari uchun ozodlik berilgan. Cherepanovlar har xil mexanizmlar, metall quyish, temirchilik, mis eritish sanoatidagi jarayonlarni, nodir metallarni qazib olishdagi ishlarni takomillashtirishga doyr ixtirolar qilishgan, zavodlar va transport uchun quvvati 2-60 o. k.li 20 ga yaqin bug’mashinalari yasashgan va amalda joriy qilishgan. Rossiyada birinchi parovozni 1833-34 yilda, ikkinchi parovozni esa 1835 yilda yasashgan. Cherepanovlarlar tashabbusi bilan Viysk zavodidan Medniy rudnikkacha cho’yan temir yo’l izi yotqizilgan, lekin 20-asr boshigacha bu izda parovoz o’rniga otlar qo’shilgan vagonlardan foydalanilgan.