CHEREPOVES

CHEREPOVES — Rossiya Federatsiyasi Vologda viloyatidagi shahar. Vologda—Baltika suv yo’lida. Temir yo’l stantsiyasi. Ribinsk suv omboridagi port. Aholisi 311,9 ming kishi (2002). Cherepoves — qora metallurgiyaning yirik markazi. Kimyo, kemasozlik kema ta’mirlash, maxsus avtomobil jihozlari, mexanika zavodlari, faneramebel kombinati, trikotaj, tikuvchilik fabrikalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Pedagogika instituti, o’lkashunoslik muzeyi (badiiy bo’limi bilan), V.V. Vereshchagin uymuzeyi (Cherepovesda tug’ilgan) faoliyat ko’rsatadi. Cherepoves 14-asrdan mavjud bo’lgan voskresene monastiri yaqinida Sloboda sifatida vujudga kelgan. 1777 yildan Novgorod noibligi shaxri, 1780 yildan Novgorod gubernyasining uezd shahri. 1918-27 yillarda Cherepoves gubernyasi markazi.