CHILLA O’TIRISH
CHILLA O’TIRISH — sufiylarga va muridlarga xos odat. Muridning 40 kun davomida uydan chiqmasdan toat-ibodat qilishi tushuniladi. Yirik sufiy namoyandalarining qarorgohlari (masalan, Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy, Buxoro yaqinidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohlari) da Chilla o’tirish uchun alohida hujralar bo’lgan. Chilla o’tirish vaqti dindor tomonidan oldindan niyat qilingan bo’ladi. Bu e’tikof deb ham ataladi.