CHINNIXONA

CHINNIXONA — arxeologik yodgorlik; saroy. Samarqandda Cho’ponota tepalitining janubi g’arbida joylashgan. 15-asrning 40-yillarida Ulug’bek rasadxonasita yaqin joyda qurilgan. Saroy devorlari chinni bilan qoplangani uchun ham Chinnixona deb atalgan. Ulug’bek va olimlar shu yerda samoviy kuzatuv, ilmiy tadqiqotlardan so’ng hordiq chiqarishgan. Yodgorlikda arxeolog V.D. Jukov (1941), O’. Alimov (1968) qazish ishlari olib borishgan. Binoning Janub qismida ayvon (sahni ustiga silliqlangan 25x25x4,5 santimetrli pishiq g’isht terilgan), uning oldida 8 qirrali (aylanasi 1,5 metr) fontan o’rni, 6 qirrali pishiq g’isht terilgan supacha topilgan. Oldingisidan 50 metr g’arbda aylana shaklda marmar tosh yotqizilgan 2-fontan o’rni ochilgan. Unga yer tagiga yotqizilgan sopol quvurlar orqali suv kelgan. Chinnixonaning peshtoqdi asosiy eshigi sayqallangan oq marmar, serpantin va boshqa tog’ jinslaridan ishlangan. Chinnixonadan nafis koshinli devor qoldiqlari, chinni va tosh taxtachalar (birida «baxtli bo’l» yozuvi bor), rangli shishachalar, chaqa pullar topilgan.