CHULIMLAR

CHULIMLAR, chulim tatarlari — Chulim daryosi (ob daryosi irmog’i) ning o’rta va quyi oqimi bo’ylarida yashovchi turkiy guruh. Chulimlar Sibir xonligi qulagach, Sharqqa tomon siljigan ayrim turkiy qavmlar, qisman teleutlar va Yenisey qirg’izlarining selkuplar va ketlarning mayda guruhlari bilan aralashuvi natijasida 17— 18-asrlarda shakllangan. Chulimlar o’troq hayot tarzi kechirib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg’ul bo’lishgan. Chulimlar ajdodlari xakaslar va ruslar bilan aralashib ketgan.