CHUMAKOV IVAN DAVIDOVICH

CHUMAKOV IVAN DAVIDOVICH (1906. 17.4, Qozog’iston, hozirgi Jambul viloyati — 1980.9.11, Toshkent) — geologiya-razvedka texnikasi sohasidagi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari doktori (1963), professor (1969). O’rta Osiyo universiteti fizika-matematika fakultetining geologiya bo’limini tugatgan (1930). Turkmaniston, O’zbekiston va Tojikistonda geologiya boshqarmalarida ishlagan. O’rta Osiyo Geologiya va mineral xom ashyo ilmiy taqqitor institutida direktor o’rinbosari (1957-62), 1962 yildan shu institutda razvedka texnikasi ishlari rahbari. Asosiy ilmiy yo’nalishi tog’li sharoitlarda konlarni razvedka qilish texnikasi va texnologiyasi bo’lib, uni tashkil etishning rasional usullarini ishlab chiqqan.