CHISTON
CHISTON (forscha — topishmoq) — Sharq she’riyatidagi lirik janrlardan biri. Dastlab xalq og’zaki ijodida she’riy savoljavob, topishmoq shaklida paydo bo’lgan. Chistonda narsa yoki hodisaning xarakterli belgilari majoziy tavsiflanib, nima ekanligini topish o’quvchi, tinglovchiga havola etiladi. Shu sababdan Chiston topishmoqshe’r deb ham ataladi. Chistonda narsalarning nomlari ochiq aytilmaydi, balki ular ga xos shakl, sifat va xususiyatlar qayd etiladi. O’quvchi yoki tinglovchi Chiston mazmunidan kelib chiqib, unda yashiringan, nomi pinhon tutilgan narsani o’z zehni, idroki kuchi bilan topib oladi. O’tmishda shoirlar Chiston yaratishda, asosan, 2 usul — abjad va oddiy topishmoqdan foydalanishgan. Chistonlar fard, bayt, qit’a, ruboiy va qisman g’azal shaklida yoziladi, 2 baytdan 10 baytgacha, hatto undan ham ortiq bo’lishi mumkin; ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo’ladi. O’zbek adabiyotida Chistonning dastlabki namunalarini Alisher Navoiy yaratgan (masalan, «qalam», «tanga», «miqroz», «Yumurtqa» va boshqa Chistonlar). Shavqiy Kattaqo’ryuniynang «Samandar qush», Uvaysiyning «Anor» Chistonlari mashhur. Ad.: Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T., 1976.