CHITTAGONG
CHITTAGONG, Chatagam — Bangladeshdagi shahar, Bengaliya qo’ltig’idan 15 kilometr ichkarida, Karnapxuli daryosi bo’yida. Chittagong viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 2,1 million kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Transport yo’llari chorrahasi. Yirik port. Mamlakatning iqtisodiy markazi. Jut, ip gazlama, kimyo, oziq-ovqat, tsement, yog’ochsozlik va metallsozlik sanoati korxonalari, issiqlik elektr styasi, universitet bor. Metallurgiya va neftni qayta ishlash, elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi zdlar, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Shahar miloddan avvalgi 1-asrdan ma’lum. Me’moriy yodgorliklardan 12-17-asrlarga oid binolar saqlangan.