CHIG’IRIQ

CHIG’IRIQ — Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi shaharcha. 1957 yil 2 Fevralda tashkil etilgan. Toshkent shahridan 32 kilometr Janubda. Toshkent—Ohangaron— Angren temir yo’l yonida. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — To’ytepa. Aholisi 2880 kishi (2004). Chig’iriqda Navoiy konchilik-metallurgiya kombinatiga qarashli boyitish tsexi, aloqa bo’limi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, umumiy ta’lim maktabi, kutubxona, tibbiy ambulatoriya va boshqalar bor.