CHOKA PARDOZ

CHOKA PARDOZ, yorma pardoz — o’ymakorlikda pardoz turi; ganch va yog’och o’ymakorligida keng qo’llanadi. O’yma naqshning chetidan markaz tomon qiya qilib chuqur o’yib borib hosil qilinadi; chuqur o’yma keskin nursoya o’yini hosil qilib, naqshga jozibadorlik baxsh etadi. Bo’rtma (relef) yuzaga ishlov berishda boshqa pardoz turlariga nisbatan ustalar (ayniqsa, Farg’ona, Toshkentda) keng qo’llaydi; Choka pardoz ustalar tomonidan yorma pardoz ham deb ataladi.