CHOKAR
CHOKAR — ilk o’rta asrlar (4-8-asrlar) da qishloqning yirik mulkdor— dehqonlarning istehkomli qo’rg’onlari va mulklarini qo’riqlash va ularni tashqi hujumlardan muhofaza etish uchun tuzilgan yollanma qurolli otryad (guruh). Chokarlar guruhi 30 40, 50-100 va undan ortiq harbiy navkarlardan iborat bo’lgan. Ular qilich, qalqon, nayza hamda kamon va sadoq to’la o’qlar bilan qurollangan. Chokarlar dehqon qo’rg’onlariga yaqin yoki shahar girdida bino qilingan istehkomlarda yashaganlar. Bunday istehkomlar Chokardiza deb yuritilgan. Toshkentning Chaqar va Samarqandning Chokardiza kabi mahallalari ilk o’rta asrlarda Chokarlar joylashtirilgan qarorgohlarning o’rni bo’lgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda o’z valinema’tiga sadoqatli o’spirinlardan tanlab olingan. Bunday sadoqatli va jangovar Chokarlar bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarida dushmanga qarshi qarbiy yurishlarda qatnashar, osoyishtalik zamonda esa ularga suyanib qishloqning ziroatkoh aholisi ustidan o’z hukmronligini o’rnatishga harakat qilgan. Ad.: Muhammadjonov A., O’zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha), T., 2004.