CHOKMOROV SUYMONQUL

CHOKMOROV SUYMONQUL (1939.9.11, Qirg’iziston, Jontosh qishlog’i — 1992, Bishkek) — qirg’iz aktyori, rejissyor. Xalq artisti (1981). Bishkek badiiy bilim yurtini (1958) va Leningrad tasviriy san’at, haykaltaroshlik va me’morlik institutini (1964) tugatgan. 1969 yil «Qarash dovonidagi o’q» filmidagi Baxtigul roli bilan kinodagi faoliyatini boshlagan. Doniyor («Jamila»), Qorabolta («Issiqko’l qizg’aldoqlari»), temirchi utur («Olovga qulluq qil»), Maqsumov («Yettinchi o’q», «O’zbekfilm»), Boytemir («Men — Tyanshan»), Axangul («Vaxshiy»), Temur («Qizil olma»), Jonbov («Dersu Uzala»), Lao («Ferdinand Lyus hayoti va o’limi»), Ozod Bayramov («O’lan», 1978), Qosim («Ayolsiz erkaklar») va boshqa obrazlar Chokmorov ijodida alohida o’rin tutadi. Toxtag’ul nomidagi Qirg’iziston Davlat mukofoti laureati (1980).