DAVLAT BIBLIOGRAFIYASI

DAVLAT BIBLIOGRAFIYASI – mamlakat hududida nashr etiladigan barcha matbuot asarlarini davlat hisobini olish va ular haqida axborot berish. Ro’yxat barcha nashriyotlar va poligrafiya korxonalaridan bibliografik markazga kelib tushadigan majburiy (kontrol) nusxa asosida olib boriladi va davlat miqyosida to’liq bo’lishi ta’minlanadi. Davlat bibliografiyasi tizimi universal manba bo’lib, bibliografiyaning boshqa turlari rivojida asos vazifasini o’taydi: matbuot rasmiy statistikasi uchun ma’lumot beradi, mamlakatdagi madaniyat, fan va texnika holatini o’zida aks ettiradi, uning keyingi taraqqiyotiga ko’mak beradi. Davlat bibliografiyasi bilan O’zbekistonda O’zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi shug’ullanadi. Yangi kitoblarni ro’yxatga oladigan «Kitob solnomasi», jurnali va gazetalarlarda bosilgan dolzarb mavzudagi maqolalarni ro’yxatga oluvchi «Jurnal maqolalari solnomasi», tasviriy san’at asarlarini ro’yxatga oluvchi «Tasviriy nashrlar solnomasi» va boshqalarni chop etadi.