DALMASIYA OROLLARI
DALMASIYA OROLLARI – Adriatika dengizidagi arxipelag, Bolqon yarim oroli qirg’oqlari yaqinidagi 1000 dan ortiq katta-kichik (krk, Brach, Sres, Xvar, Korchula, Vis va boshqalar) orollardan iborat. Maydoni 2500 kilometr kvadrat. Xorvatiya tarkibida. Dalmasiya orollari quruqlikni dengiz suvi bosishi natijasida vujudga kelgan. Dalmasiya orollari ohaktoshlardan tuzilgan, karst keng tarqalgan. Pasttog’lar (500-700 metr) ko’p. Qish oylarida o’rtacha temperatura 5°, yozda esa 20-25°. Yillik yog’in 500-1000 millimetr, asosan qish va kuzda yog’adi. Dalmasiya orollariga O’rta dengiz tipidagi o’simliklar xos. Tog’yon bag’irlarida va vodiylarda uzum, zaytun va tsitrus mevalar yetishtiriladi. Qo’y boqiladi va baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Kornat va Mlet milliy parklari tashkil etilgan.