DAVLETMURATOVA ZAMIRA

DAVLETMURATOVA ZAMIRA (1955.21.6, Nukus) — O’zbekiston xalq artisti (1992). Leningrad akademik xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1975). 1975 yildan Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida balet artisti. Mariya («Boqchasaroy favvorasi») uning sahnadagi ilk obrazidir. Eng yaxshi rollari: Frigiya («Spartak»), Medora («Korsar»), Jizel O’. Davletova. Ubike rolida («Kelin»), («Jizel»), Taxmina («Rustam haqida Doston»), Suxani («Sevgi tumori»), To’maris («To’maris»), Xonim qiz («Xonim qiz va bezori»), Odetta-Odiliya («Oqqush ko’li»), Avrora («Uyqudagi go’zal»), Raymonda («Raymonda»), Layli («Layli va Majnun»), Shirin («Sevgi afsonasi»), Komdi («Ikki dil dostoni»), Shahrizoda («Ming bir kecha») va boshqalar. Davletmuratova ijodi romantik yo’nalishi, hishayajonga tulaligi, musiqaviyligi, yaratgan obrazlari to’laqonliligi, mexr muhabbat bilan yo’g’rilganligi, raqs harakatlari orqali qahramonining ichki va tashqi kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkaza bilishi bilan ajralib turadi.