Malayziya
Rasmiy nomi – Malayziya. Poytaxti – Kuala-Lumpur. Hududi – 329,8 km2. Davlat tili – malayya. Dini – islom (50%), buddizm, konfutsiylik, hinduizm, taoizm, xristianlik. Pul birligi – ringit.
Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi-Sharqiy Osiyo davlati bo‘lib, Malakka yarimorolining janubida (G‘arbiy Malayziya) va Kalimantan orolining shimoliy qismida (Sharqiy Malayziya) joylashgan. Skarqiy Malayziya g‘arbda va janubda Indoneziya bilan (chegara uzunligi 1782 km), shimolda Bruney bilan (381 km) chegaradosh, G‘arbiy Malayziya esa shimolda Tailand (506 km) bilan chegaradosh. Shimoliy hududlari janubiy Xitoy dengizi, shimoli-sharqi Sulu dengizi, sharqi Sulavesi dengizi bilan tutashib ketgan. Chegirasining umumiy uzunligi – 2669 km. Mamlakatning Malakka yarimorolida joylashgan qismida bir necha parallel ravishda joylashgan tog‘ tizmalari va ko‘p sonli vodiylari bor. Klimantan orolida ham uncha baland bo‘lmagan tepaliklar va tog‘lar ko‘p. Bu yerda mamlakatning eng baland nuqtasi Kikabalu (4101 m) tog‘i joylashgan. Qirg‘oq bo‘ylab tekisliklar joylashgan. Mamlakatda ko‘p sonli uncha uzun bo‘lmagan, lekin sivi ko‘p daryolari bor. Yirik daryolari – Paxang, Kadjang, Kinabantang. Malayziyada qo‘rg‘oshin va volframning yirik konlari bor. Boshqa tabiiy resurslardan mamlakatda neft, mis va temir rudasi, tabiiy gaz, yog‘och, kauchuk, yog‘ daraxtlari ko‘p. Iqlimi – ekvatorial.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi – konstitutsion monarxiya. Mamlakat tarkibiga 13 ta shtat va 2 ta federal hudud (Kuala-Lumpur va Lubuan oroli). Malayziya mustaqilligi 1957-yil 31-avgustda e’lon qilingan (milliy bayram – Malayziyaning mustaqillik kuni). Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kabinetiga tegishli. Qirol asosan davlatning vakillik funksiyalarini bajaradi. Jafar ibn Abdul Rahmon (qirol) 1994-yil 26-apreldan buyon taxtni egallab turibdi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament – Senat va quyi palata – Vakillar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Milliy front, Birlashgan Malayya milliy tashkiloti, Malayziya-Xitoy assotsiatsiyasi, Malayziya hindular Kongressi, Umummalay Islom partiyasi, Demokratik harakat partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari. Chet el investitsiyalarining ko‘plab kiritilishi, ayniqsa yapon va Tayvan firmalarining sa’y-harakatlari bilan Malayziya iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan (mamlakat yarim o‘tkazgichli uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa chiqib oldi) rivojlanmoqda. Neftni qayta ishlash, kimyo, to‘qimachilik, yog‘ochni qayta ishlash, metallurgiya kabi sanoat sohalari (mamlakat dunyodagi yirik qo‘rg‘oshin ishlab chiqaruvchi hisoblanadi), shuningdek, mashinasozlik, eksportning katta qismini neft va neft mahsulotlari tashkil qiladi. Gaz, temir rudasi, mis konsentrati, qo‘rg‘oshin qazib olinadi. Qishloq xo‘jaligida kauchuk va palma yog‘i (muhim eksport mahsulotlaridan biri), какао, kokos yong‘og‘i, shakarqamish, ananas, qalampir yetishtiriladi, biroq mamlakat o‘zini o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlay olmaydi va qishloq aholisining ko‘pchiligi qashshoq hisoblanadi.. Asosiy savdo hamkorlari: Singapur, Yaponiya, AQSH.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1800 km, avtomobil yo‘llari — 39100 km. Mamlakat portlari: Joijtaun, Kelang, Kuanton, Kota-Kikabalu, Kuching, Miri, Sondakon, Sibu.
Tarixi. М. a. III ming yillikda Malayziya hududiga mongol qabilalari bostirib kirishdi. VII asrda mamlakat hududida hindular davlati tuzilgan boiib, bu davlat XIV asrgacha Shrividja imperiyasi tarkibida bo‘lib keldi. 1403-yili butun Malayziya yerlarini birlashtirgan Malokka qirolligi vujudga keldi. 1511-yili Malayziya yo’lboshchi Alfonso de Albukerk boshchiligidagi portugallar tomonidan ishg‘ol qilindi. XVI-XVIII asrlar davomida yevropalik mustamlakachilar (1641-yili portugallar o‘rnini gollandlar egallashdi, 1824-yil esa bu yerni inglizlar egallab olishdi) qo‘shni Joxar va Aga davlatlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishdi. 1914-yili barcha Malayya davlatlari Buyuk Britaniya homiyligi ostiga tushdi. 1941-1945-yillarda Malayziya yapon qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi, lekin urushdan so‘ng yana Britaniya protektoratiga aylandi. 1948-yili tuzilgan Malayziya federatsiyasi 1956-yili muxtoriyatga erishdi, 1957-yil 31-avgustda esa Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida mustaqillik oldi. 1963-yili Malayziya federatsiyasi tuzilgan bo‘lib, unga Malayya, Singapur, Sarvak, Sabax va Shimoliy Borneo kirgan edi. 1965-yili iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar kelib chiqishi munosabati bilan Singapur federatsiya tarkibidan chiqib ketdi.