Kamerun
Rasmiy nomi — Kamerun Respublikasi. Poytaxti — Yaunde. Hududi — 475440 km.kv. Aholisi – 18,5 mln kishi kishidan ortiq (2012). Tili — ingliz va fransuz. Dini — xristianlik (53%), majusiylik (25%), islom (22%). Pul birligi — afrika franki. Geografik joylashuvi va tabiati. G‘arbiy Afrikaning janubida joylashgan davlat. G‘arbda Nigeriya (chegara uzunligi — 1690 km), sharqda Markaziy Afrika Respublikasi (797 km) va Chad (1094 km), janubda Kongo (523 km), Ekvatorial Gvineya (189 km), Gabon (298 km) bilan chegaradosh. G‘arbida Biafra ko‘rfazi joylashgan, shimolda Chad ko’liga tor chiqish yo‘liga ega. Qirg‘oq bo‘yteb Kamerun vulqoni qad ko‘targan tekislik joylashgan. Mamlakat markazida shimolga qarab pasayib borgan Adamova tog‘ligi joylashgan. Kamerunning asosiy daryolari — Sanaga, Benuye. Asosiy tabiiy resurslari: neft, temir rudasi, boksit, yog‘och, gidroresurslar. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Ma’muriy jihatdan 10 ta provinsiyaga boiinadi. 1960-yil 1-yanvarda mustaqillikka erishgan. Qonunchilik fransuz umumiy fuqarolik huquqiga asoslangan. Milliy bayrami — 20- may Mustaqillik bayrami (1972-yil 20-mayda Kamerun Respublikasi va Sharqiy Kamerun bir davlatga birlashdi). Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ — bir palatali parlament — Milliy Majlis. 70 dan ortiq siyosiy partiyalaridan asosiylari — Kamerun xalqi demokratik birligi (KXDB), Demokratiya va rivojlanish uchun milliy ittifoq (DRUM1), Kamerun xalqlari ittifoqi (KXI), Sotsial demokratik front (SDF), Kamerun demokratik ittifoqi (KDI). Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari. Kamerun neft zaxiralariga boyligi sababli ekvatorial Afrikada aholi jon boshiga tushadigan daromadning yuqoriligi bilan ajralib turadi. Neftni qayta ishlash sanoatidan tashqari yog‘ochga ishlov berish, oziq-ovqat, yengil va to‘qimachilik sanoatlari ham rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida mehnatga yaroqli aholining ko‘p qismi band bo‘lib, mamlakatning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini deyarli toiiq ta’minlaydi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya va AQSH. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1003 km, avtomobil yo‘llari — 65000 km. Asosiy porti — Duala.
Tarixi. Kamerun portugallar tomonidan XV asr oxirlarida kashf etilgan. XIX asr oxirlarida Germaniya Kamerunni o‘zining protektorati deb e’lon qildi. 1916- yilda mamlakat ittifoqchilar tomonidan egallab olingandan keyin mamlakat hududi Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan bo‘lib olindi, 1945-yildan boshlab BMT vasiyligida Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan boshqarila boshlandi. Fransiya Kameruni 1958-yil o‘z-o‘zini boshqarish huquqini, 1960-yilda Sharqiy Kamerun Fransiyadan mustaqillikni qo‘lga kiritdi. Britaniya Kameruni 1961-yilda referendum natijalariga ko‘ra ikki qismga: shimoliy qismi Nigeriyaga, janubiy qismi Sharqiy Kamerunga qo‘shildi, natijada Kamerun Federativ Respublikasi tashkil topdi. 1972-yildan boshlab — Birlashgan Kamerun Respublikasi, 1984-yildan boshlab — Kamerun Respublikasi deb yuritila boshlandi.