DADABOYEV AKRAM DADABOYEVICH
DADABOYEV AKRAM DADABOYEVICH (1908, Xo’jand — 1988.12.8. Toshkent) — selektsioner olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968). Toshkent qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1934). 1934-66 yillarda hozirgi O’zbekiston g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, bo’lim mudiri, selektsioner, direktor. O’zbekiston Qishloq xo’jaligi faning vitse-prezidenti (1957-61), O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirining fan bo’yicha o’rinbosari (1966-72). 1972 yildan g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida maslahatchi. Dag’al, pishiq va kalta tolali, qurg’oqchilik va kasalliklarga chidamli S-7059, S-7010, S-7068, S-7055, ertapishar va bargi tez to’kiladigan, 42% gacha tola beradigan S-8230, S-8232, S-8257 va boshqa g’o’za navlarini yaratdi. Ilmiy ishlari yangi g’o’za navlarini yaratish muammolariga bag’ishlangan. As: metodi vivedeniya i razmnojeniya novix sortov xlopchatnika, T., 1969 (N.G. Simongulyan bilan hamkorlikda).