DAJBOG

DAJBOG — rus-slavyan mifologiyasida Quyosh va o’t-olov ma’budi, Svarog o’g’li (shundan Dajbogning boshqa ismi — Svarojich olingan). Rus yilnomalarida juda ko’p marta (birinchi marta 980 yilda, Knyaz Vladimir Kiyevda ma’budlarga, jumladan Dajbogga sajdagohlar qurgan paytda) qayd etilgan. Yilnomaga ko’ra Dajbog qadimgi turkiylarning quyosh tangrisi Xorsu bilan aynan tenglashtirilgan. Dajbogning etimologiyasi to’g’risida turli xil talqinlar mavjud. Ba’zi fikrlarga ko’ra u gotlarning «dag» («kun»), slavyanlarning «Dojd» va «dajb» (ya’ni issiqlik va ne’matlar beruvchi ma’bud) so’zlaridan olingan. F. Dadamuhamedov yasagan «bozband» to’plami (1993). «Igor polki jangnomasi»da rus xalqi «Dajbogning nabirasi» deb nomlangan.