DALA SICHQONLARI

DALA SICHQONLARI (Microtinae) -xomyaklar oilasining kenja oilasi, ba’zan alohida oila sifatida karaladi. Tanasining uzunligi 10-12 santimetr, ba’zi turlari 36 santimetrgacha. Kurak va oziq tishlari doimo o’sib turadi. Shimoliy yarim shardagi barcha qit’alar va orollarda tarqalgan. Yil davomida faol hayot kechiradi. Ko’pchiligi koloniya bo’lib yashaydi. 43 turi ma’lum. Dala sichqonlariga lemminglar, ondapgralar, ko’rsichqonlar, kulrang Dala sichqonlari, suv sichqonlari va b. kiradi. Asosan o’simliklarning yer ustki qismi bilan oziqlanadi, ba’zi turlari oziq g’amlaydi. Ko’pchilik turlari tulyaremiya, leptospiroz va boshqa kasalliklar mikroblarining tabiiy tashuvchisi hisoblanadi yoki ekinlarga ziyon keltiradi. Ondatralar va suv sichqonlari muynasi uchun ovlanadi.