DOMLA
DOMLA — 1) maktabxonalarda o’g’il bolalarga ta’lim-tarbiya bergan ziyolilar; 2) masjid Imom-xatiblarining xalq tomonidan yuritiladigan nomi; 3) oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarida fanning biror sohasidan dare beruvchi shaxslar (professor, dotsent, assistent, katta o’qituvchi va o’qituvchi) ga nisbatan qo’llaniladigan atama; 4) biror soxa (masalan, fan va madaniyat)da obro’-e’tibor qozongan, ilg’or dunyoqarashi, e’tiqodi va boshqa fazilatlari bilan o’zgalarga namuna bo’ladigan bilimdon, muhtaram shaxs.