DIZ…
DIZ… (lotincha dis…) — yasama so’zlar tarkibiy qismi: qiyinchilikni, buzilishni, parokandalikni, bo’linishni, yo’qotishni anglatadigan so’zlarning old (unli harflardan oldin qo’yiladigan) qo’shimchasi (dizartriya, dizassosiasiya). Undosh harfdan oldin dis… yoziladi.
DIZ (so’g’dcha) — qo’rg’on, qal’a. Masalan, Ohanin diz — temir qo’rg’on, mustahkam qo’rg’on. «Devonu lug’otit turk» AE. yozilishicha, «Tajiz — baland er, forslar shaharlarini shu so’zdan «diz» shaklida o’zgartirib olganlar». Eron va O’rta Osiyodagi «Dizak» toponimlari «Qo’rg’oncha», «Qal’acha» ma’nosini bildiradi.