DIVIZION
DIVIZION (Fransuzcha division — bo’linma) — quruqlikdagi qo’shin birlashmalari va qismlari yoki harbiy-dengiz flotining birlashma va qismlari tarkibidagi tashkiliy, ma’muriy taktik bo’linma. Divizion artilleriyada 2-3 batareya; otliq qo’shinlarda o’ziyurar qurollarning 2-3 batareyasi; harbiy— dengiz flotida bir xil rusumdagi bir necha kema va katerlardan iborat. Divizion mustaqil yoki biror qism, birlashma tarkibida bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tarkibida ham artilleriya Divizionlari mavjud.