DILER
DILER (inglizcha dealer — savdogar, agent) — 1) qimmatli qog’ozlar, valyutalar, qimmatbaho metallar va boshqa oldi-sotdisini, birja operatsiyalarini o’z nomidan va shaxsiy mablag’lari hisobiga amalga oshiruvchi fond birjasi a’zosi, jismoniy yoki yuridik shaxs; 2) mahsulotni ulgurji (ko’tara) sotib olib, uni chakana yo’l bilan yoki kichik partiyalarda foydasiga sotuvchi biznes ishtirokchisi, jismoniy yoki yuridik shaxs. Odatda, bunday agentlar mahsulot ishlab chikaruvchi firmalarning dilerlik tarmoqlarida faoliyat yuritadi.