DIMEDROL

DIMEDROL, alledrial, Allergan, diabenil — asosiy antigistamin dori. Reseptorlar sezuvchanligini susaytiradi; tinchlantiruvchi va uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Allergik kasalliklar, shuningdek, Markaziy nerv sistemasining ayrim kasalliklarini davolashda ishlatiladi.