DIOFANT TENGLAMALARI

DIOFANT TENGLAMALARI – ikki yoki undan ko’p noma’lum qatnashgan, koeffitsientlari butun sonlar bo’lgan algebraik tenglamalar; bunda butun yoki rasional sonlardan iborat yechimlari izlanadi. Birinchi darajali Diofant tenglamalarining umumiy nazariyasini 17-asrda yashagan frantsuz matematigi Bashe yaratgan. Ferma, Eyler, Lagranj va Gauss tadqiqotlari natijasida 19-asr boshlarida ikkinchi darajali Diofant tenglamalari asosan tekshirilgan edi. Diofant tenglamalarini tekshirish usullari uzluksiz kasrlar nazariyasiga asoslangan. Diofant tenglamalari deganda noma’lumlari soni tenglamalari sonidan ko’p bulgan butun koeffitsientli algebraic tenglamalar sistemalari ham tushuniladi. Diofant tenglamalari, ba’zan, aniqmas tenglamalar deb yuritiladi.