DIPLEURULA

DIPLEURULA (Di… va Yunoncha pleura — tomon, yon) — ninaterililar va ichak bilan nafas oluvchilarning ikki tomonlama simmetriyali pelagik lichinkasi. Tanasi oval, orqa tomoni bo’rtiq, qorin tomoni botib kirgan. Tanasining og’izoldi qismida kipriklari, egilgan boshlang’ich ichagi, og’iz va anal teshiklari bo’ladi. Tselomik xaltachalari 3 juft. Ninaterililar Dipleurula lichinkasi rivojlanib exinopluteus (dengiz tipratikanlarila), ofiopluteus (ofiuralarda) bipinnariya, so’ngra braxiolyariya (dengiz yulduzlaripa), aurikulyariya va deliolyariya (goloturiyalarda), bochkasimon lichinka (dengiz nilufarlaripya) yoki tornariyaga (ichak bilan nafas oluvchilarda) aylanadi.