DIPLOKOKKLAR

DIPLOKOKKLAR (Diplococcus) — Lactobacteriaceae oilasiga mansub bakteriyalar turkumi. Juft-juft bo’lib, o’zaro yopishgan sharsimon bakteriyalar; ba’zan kalta zanjir hosil qiladi. Asosan grammusbat bakteriyalar, ba’zi Diplokokklar grammanfiy, shakli dukkakka o’xshash. Diplokokklar, odatda, harakatsiz, spora hosil qilmaydi. Saprofit yashovchi xillari tuproq, suv va havoda tarqalgan. Ularga zotiljam, meningit, so’zak kabi og’ir kasalliklarni paydo qiluvchi bakteriyalar ham kiradi. Zotiljam Diplokokklar (Diplokokklar rpeitoshae) ning 80 dan ortiq, meningokokk (Diplokokklar meningitalis) ning A, V, S, D serotiplari mavjud.