EBRO

EBRO — Ispaniyaning shimoli Sharqiy qismidagi daryo. Uzunligi 928 kilometr, havzasining maydoni 86,8 ming kilometr kvadrat. Kantabriya tog’laridan boshlanib, Aragon tekisligidan oqadi, Katalon tog’larini kesib o’tib, O’rta dengizga Delta hosil qilib quyiladi. O’rtacha suv sarfi 560 m3/sekund. Qish va bahorda suvi ko’payadi. Daryo suvidan sug’orishda foydalaniladi, GES qurilgan. Saragosa shahrigacha kema qatnaydi.