EVDIALIT
EVDIALIT (Yunoncha eisna1u1os — yaxshi eriydigan) — halqali silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral, tsirkonosilikat. Kimyoviy tarkibi № 2sa6g’e32gz [§1309]2[519024(on)z]2; tarkibida 2yu 2 12-14,5%, Nodir yer elementlari (Tg203 7%) aralashma holida bo’ladi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Donador massalar holida uchraydi. Rangi pushtiqizil, pushti, qizilqo’ng’ir, sariq. Yarim shaffof. Qattiqligi 5-6, zichligi 2,7—3,1 g/sm3. Mo’rt. Shishadek yaltiroq. Nefelinli sienitlar, sienitpegmatitlar, albitegirinli metasomatitlarda uchraydi. Evdialit Skandinaviya, Rossiya Federatsiyasi (Kola yarim oroli, Tuva, Krasnoyarsk o’lkasi, Sayan tog’lari), Grenlandiya, Madagaskar oroli, Kanada va boshqalar joylarda bor. Evdialit qora metallurgiya va olovbardosh sopol ishlab chiqarish va boshqalar sohalarda ishlatiladi.