EFEMERIDA

EFEMERIDA (Yunoncha) — astronomik kundalik jadval. Efemeridada Quyosh, oy, katta sayyoralar, ularning yo’ldoshlari, kichik sayyoralar va boshqalarning ma’lum yil, kun va soatlar uchun oldindan hisoblangan ko’rinma koordinatalari va boshqalar ma’lumotlar beriladi. Efemerida ma’lumotlari astronomiyada qabul qilingan maxsus efemerid vaqti asosida hisoblab topiladi. Osmon jismlarining Efemeridalarini bilish ularni oldindan yilning qaysi vaqtida kuzatish qulayligini aniqlash va kuzatish dasturlarini tuzishda katta ahamiyatga ega. Kuzatishlar va tekshirishlar o’tkazilgach, olingan ma’lumotlar dunyo vaqtida e’lon qilinadi, keyingi Efemeridalarga tuzatishlar kiritiladi.